Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimga hamda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomani (Toshkent, 2022-yil 1-iyun) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Boʻlib oʻtgan muhokamalarda Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Biroq amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi koʻp jihatdan bu boradagi xalqaro saʼy-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishga bogʻliq. Shu bois Oʻzbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga katta ahamiyat bermoqda.
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi bugungi kunda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish va moliyaviy jarayonlarning shaffofligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar va standartlarni ishlab chiqish sohasidagi yetakchi tashkilotlardan biri ekani qayd etildi.

Senatorlar koʻrib chiqilgan hujjat Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi faoliyatini yanada rivojlantirishni, shuningdek, asosiy vazifalarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishni nazarda tutishini taʼkidladilar.
Ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevrosiyo guruhi faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Qonun bilan Yevrosiyo guruhi raisi lavozimiga qoʻshimcha talablar belgilash va uning kotibiyati vakolatlarini aniqlashtirish nazarda tutilmoqda. Yevrosiyo guruhi byudjetining talablari va shartlariga, yaʼni aʼzo davlatlarning ulushiga, xarajatlarni taqsimlash va boshqa moliyaviy masalalarga aniqlik kiritilmoqda.

Senatorlarning taʼkidlashicha, Qonunning qabul qilinishi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishga, terrorizmga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga xizmat qiladi.
Qonun Senat tomonidan maʼqullandi.



Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring