Janubiy Koreya prezidenti isteʼfoga chiqishi kutilmoqda

12:56 01 May 2025 Dunyo
341 0

Arxiv foto

Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su iyun oyida boʻlib oʻtadigan prezidentlikka nomzodini qoʻyishdan oldin payshanba kuni isteʼfoga chiqishi mumkin. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi hukumatdagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Manbalarga koʻra, Xan bugun isteʼfoga chiqishini eʼlon qiladi. Juma kuni esa iyun oyida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqida eʼlon qilinishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, Xon “siyosiy qutblanish” sharoitida milliy birlikka erishish boʻyicha oʻz qarashlarini bayon qiladi.

“Prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su 2-may kuni 3-iyun kuni prezidentlikka daʼvogarligini eʼlon qilishdan oldin payshanba kuni isteʼfoga chiqishi mumkin”, — deya maʼlum qilgan agentlikka siyosiy manbalar.

Agentlikning taʼkidlashicha, partiyaviy boʻlmagan Xan mamlakat parlamentida koʻpchilikni tashkil etgan va Li Chje Myonni prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatgan Janubiy Koreya Demokratik partiyasining potensial raqiblari orasida favorit sifatida tan olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?