Zelenskiy: Koʻrinadiki, Rossiya oʻt ochishni toʻxtatishga koʻproq moyil boʻlib qoldi
Foto: Nina Liashonok/Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Tramp va bir qator Yevropa yetakchilari bilan suhbatdan soʻng Rossiya tomonidan oʻt ochishni toʻxtatishga moyillik kuzatilayotganini maʼlum qildi.
— Biz Moskvada yangragan bayonotlarni muhokama qildik. Koʻrinadiki, Rossiya hozir oʻt ochishni toʻxtatishga koʻproq moyil. Ularga boʻlgan bosim ish bermoqda. Ammo eng muhimi, ular biz va AQSHni mayda tafsilotlarda aldab qoʻymasligi kerak, — dedi Zelenskiy.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashgandi. Uchrashuv deyarli uch soat davom etdi. Donald Tramp bu muloqotni “samarali” deb baholadi va “sezilarli siljish” qayd etilganini aytdi.
Maʼlumot uchun, Uitkoffning tashrifi Tramp tomonidan Rossiyaga qoʻyilgan ultimatum muddati tugashidan oldin amalga oshdi. AQSH rahbari Putindan 8-avgustgacha urush harakatlarini toʻliq toʻxtatishni talab qilmoqda. Agar bu talab bajarilmasa, Tramp Rossiyaga nisbatan ikkinchi darajali sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring