Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 2025-yil 19-martda qabul qilingan 171-sonli qarorga muvofiq, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Mazkur qarorga asosan Institutning bir qator asosiy vazifalari aniqlab berildi. Jumladan, adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi, ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, mediatsiya va intellektual mulk sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ushbu vazifalar sirasiga kiradi.
Institutning yana bir muhim yoʻnalishi xalqaro miqyosda Oʻzbekiston manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar asosida professional oʻqitish hisoblanadi. Shuningdek, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash ham Institut zimmasidagi vazifalardan biridir.
Bundan tashqari, huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimi ham yoʻlga qoʻyiladi.
Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-apreldan boshlab adliya organlari va muassasalari xodimlariga navbatdagi martaba darajalari Institutning maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng beriladi.
Shu bilan birga, yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari xodimlari uchun bilim va koʻnikmalarni muntazam ravishda oshirishni nazarda tutuvchi kredit-modul mexanizmiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-maydan boshlab Institutda oilaviy mediatsiya ishlari boʻyicha fuqarolar yigʻini raislarini professional mediatorlikka bepul oʻqitish amaliyoti boshlanadi. Bu esa mahalliy darajada nizolarni hal qilishda malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Qarorning qabul qilinishi bilan yuridik sohada kadrlar salohiyatini oshirish, sohaviy malakani mustahkamlash va huquqiy xizmat sifatini yanada yuksaltirishga muhim qadam qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Taekvondochilarimiz klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini 14 ta medal bilan tugatishdi
- Duatlon: eng kuchlilar ma’lum bo‘ldi
- Sambo: vakillarimizning xalqaro turnirdagi muvaffaqiyati
- Oʻzbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 27 ta medalga ega chiqdi
- 2025-yilgi FIDE Jahon rapid va blits chempionati Qatarda oʻtkaziladi
- Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring