Yoshlar taʼlimi – taraqqiyot va farovonlik garovi
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda biz yoshlarning taʼlim olishimizga boʻlgan eʼtibor sezilarli darajada ortdi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim tizimidagi yangilanishlar va talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar mamlakatning kelajagini bilimli va raqobatbardosh avlod bilan taʼminlashga qaratilgan.
Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan bir qator qonun va davlat dasturlari yoshlar taʼlimini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan muhim hujjatlardan hisoblanadi. Bu ishlar doirasida zamonaviy maktablar va kasb-hunar markazlari tashkil etilib, xalqaro standartlarga mos taʼlim dasturlari joriy etilmoqda. Bundan tashqari, talaba-oʻquvchilar uchun grantlar, stipendiyalar va kreditlar imkoniyati kengaytirilib, onlayn taʼlim va raqamli platformalar rivojlanmoqda.
Oʻtgan yaqin yillar ichida yurtimizda oliy taʼlim muassasalari soni keskin oshdi. Xususan, xorijiy universitetlar filiallari, nodavlat oliy oʻquv yurtlari ochilmoqda. Bu esa yoshlarga sifatli taʼlim olish imkonini yaratib beryapti.
Oʻzbekistonda yoshlar taʼlimi nafaqat akademik bilim berish, balki milliy va xalqaro tajribalarni uygʻunlashtirgan holda mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor va innovatsion yechimlar topa oladigan shaxslar sifatida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Buning isbotini oliygohlarimizda oʻqishni istagan xorijlik talabalar sonining yildan yilga ortib borayotganida ham koʻrishimiz mumkin. Jumladan, 2024-2025 oʻquv yilida respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan. Bu 10-yil avvalgi koʻrsatkichga qaraganda qariyb 18 barobarga koʻp.
Nafaqat xorijliklarning mamlakatimizda taʼlim olishga boʻlgan talabi ortyapti, balki tengdoshlarimizning ham nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olishga boʻlgan ishtiyoqlari ortmoqda. Minglab tengdoshlarimiz dunyoning yetakchi universitetlarida oʻqishlarini muvaffaqiyatli davom ettirishmoqda.
Xulosa sifatida aytadigan boʻlsak, yoshlar taʼlimi – har qanday davlatning mustahkam poydevori hisoblanadi. Oʻzbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan strategiyalar va davlatning qatʼiy irodasi mamlakatning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa oʻz navbatida barqaror rivojlanish va farovon kelajak uchun asos boʻladi.
Ibrohim NOʻMONOV
“Sarbon” universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring