Oʻzbekistonda zaharli havo yana qancha saqlanib turishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” sovuq antisiklon va inversiya hodisasi saqlanib turishi haqida shoshilinch axborot eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston hududi uning taʼsiri 5-dekabrga qadar saqlanib turadi.
Qayd etilishicha, 29-noyabrdan boshlab sovuq antisiklon taʼsiri yanada kuchayishi kutilmoqda, bu esa atmosfera bosimining koʻtarilishiga va havo haroratining pasayishiga olib keladi, yaʼni kechalari sovuq, kunduzi kuchsiz iliq kuzatiladi. Ertalablari tuman boʻlishi mumkin.
Yuqori bosimli maydon kelgusi 10 kun davomida saqlanib turishi prognoz qilinmoqda.

“Oʻzgidromet” avvalroq inversiya 29-noyabrgacha davom etishi haqida xabar bergan edi. Biroq, sinoptik tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, sovuq antisiklon davom etishi fonida inversiya hodisalari kutilganidan uzoqroq davom etadi.
Uzoq muddatli inversiya chang, tutun va mayda zarrachalar (PM) konsentratsiyasining oshishiga, shuningdek, quyuq tuman hodisalari sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Taʼkidlanishicha, infografikalardagi 28-noyabrdan keyingi maʼlumotlar prognoz xususiyatiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring