“Unda boshqa yoʻl yoʻq”. Tramp Mask respublikachilar safiga qaytadi, deb hisoblaydi

AQSH prezidenti Donald Trampning fikricha, amerikalik milliarder Ilon Mask oxir-oqibat baribir respublikachilar safida qoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Menimcha, unda boshqa yoʻl yoʻq. U — sogʻlom fikrlaydigan odam, yaxshi inson. Biroz oʻzboshimchalik qildi va bu notoʻgʻri boʻldi, lekin bu normal holat”, — dedi Tramp radioboshlovchi Skott Jenningsga bergan intervyusida.
Prezident qoʻshimcha qilib, Maskni har doim yaxshi koʻrganini va hozir ham unga nisbatan iliq munosabatda ekanini taʼkidladi.
“U yaxshi odam. 80 foizga superdaho, qolgan 20 foizida muammolar bor. Agar ularni yechsa, u buyuk shaxs boʻladi”, — dedi Tramp.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyi boshida Tramp va Mask oʻrtasida ijtimoiy tarmoqlarda tortishuv boʻlgan edi.
Mask oʻz bayonotida Trampning 2024-yil noyabrdagi saylovda gʻalaba qilishida uning qoʻllab-quvvatlashi hal qiluvchi omil boʻlganini aytdi. Shuningdek, u yangi impichment gʻoyasini maʼqulladi, Oq uy tashabbusi bilan qabul qilingan davlat xarajatlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va prezident joriy etgan import bojlarini tanqid qildi.
Bunga javoban Tramp Maskni “jinni” deb atadi va u bir payt federal hukumat samaradorligini oshirish boʻyicha ishchi guruhni boshqarar ekan, oʻz vazifalarini sidqidildan bajarmay qoʻyganini aytdi.
Keyinroq Ilon Mask oʻz siyosiy partiyasini tuzish niyatida ekanini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring