Tunda ham “quyosh” charaqlagan koʻchalar

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining Sirdaryo viloyatidagi aholi yashash punktlaridan oʻtgan qismini yoritishda quyosh panellaridan foydalanish hajmi oshib bormoqda.
Yaqinda “M-34” “Toshkent — Dushanbe” avtoyoʻlining 121 — 130 kilometrlari oraligʻiga ana shunday elektr hosil qiluvchi uskunalar oʻrnatildi. Bundan oldin esa mazkur avtoyoʻlning 81 — 83 kilometrlari oraligʻini ayni energiya manbai bilan yoritish yoʻlga qoʻyilgan edi. Tez orada “A-376” avtomobil yoʻlining 224 — 229 kilometri oraligʻidagi aholi yashash punktiga ham quyosh panellari joylashtiriladi.
— Endilikda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari qurilishi bilan bogʻliq loyihalarda ayni avtoyoʻllarning tungi yoritilishga zarurat boʻlgan barcha qismiga quyosh panellari oʻrnatish nazarda tutilyapti, — deydi Sirdaryo avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi ekspluatatsiya boʻlimi shuʼba boshligʻi Yerlan Sheraliyev. — Negaki, ushbu muqobil energiya manbaining afzalliklari koʻp. Avvalo, quyosh panellari tufayli yoʻl yoritkichlar tok bilan uzluksiz taʼminlanadi. Bir kunda toʻplagan quvvati bir necha tunga yetadi. Yoritish xarajati sezilarli darajada kamayadi. Muhimi, transport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring