Tramp Eronga hujum qilishga oid yakuniy qarorini keyingi ikki hafta ichida qabul qiladi — Oq uy
Kecha, 19-iyun kuni boʻlib oʻtgan brifingda Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt AQSH rahbari Donald Trampning Isroil va Eron oʻrtasidagi ziddiyat boʻyicha keyingi rejalari haqida maʼlumot berdi.
“Eron bilan muzokaralar yaqin vaqt ichida boʻlishi yoki boʻlmasligi ehtimolini inobatga olgan holda, prezident Donald Tramp yakuniy qarorni keyingi ikki hafta ichida qabul qiladi” — deydi Livitt.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Qoʻshma Shtatlar rahbarining birinchi ustuvor vazifasi Eron yadro qurolini muvaffaqiyatli yaratmasligini taʼminlashdir.
Tramp maʼmuriyat vakilining soʻzlariga koʻra, AQSH Eron bilan boʻladigan ehtimoliy bitim shartlariga Eronning uranni boyitishini qatʼiyan taqiqlovchi band ham kiritiladi.
“CBS” telekanalining xabar berishicha, Tramp Eronga hujum qilish rejalarini maʼqullagan, biroq buni amalga oshirish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilmagan. Shuningdek, AQSH rahbari Eronning uranni boyitish boʻyicha yer ostida joylashgan “Fordo” yadroviy obyektiga zarba berishni ham koʻrib chiqqan boʻlishi mumkin.
“Mazkur mojaroga barham berishning dastlabki usuli diplomatik muzokara oʻtkazishdir. Ammo bombardimonlar davom etar ekan, biz hech qanday muzokara boshlay olmaymiz”, — deydi Eron tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Said Xatibzade.
Xatibzadening qoʻshimcha qilishicha, mojaroga AQSHning ishtirok etishi butun mintaqa uchun misli koʻrilmagan oqibatlarga olib keladi hamda diplomatik usulda yechim topish imkoniyatini cheklaydi. Bu AQSHga taalluqli urush emas, agar Tramp aralashsa oʻziga aloqador boʻlmagan mojaroga kirgan prezident sifatida tarixda qoladi, deydi u.
Maʼlumot uchun, Inson huquqlari faollari axborot agentligi oʻtgan hafta juma kunidan buyon Isroil hujumlari oqibatida Eronda 639 kishi oʻldirilganini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring