Toshkentdagi 3ta sex kuniga 500 ta hovliga yetadigan tabiiy gaz sarflayotgani maʼlum bo'ldi

Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzneftgazinspeksiya va «Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlayotgani haqida xabar bergan edik.
Energetika vazirligi Matbuot xizmatining “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, gaz taʼminoti korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida 3 ta yirik ishlab chiqarish korxonalari gazdan foydalanib kelmoqda. Jumladan:
1. “XADJIAKBAROV X.B.” YATTga qarashli chinni buyumlar ishlab chiqarish sexi (kunlik gaz isteʼmoli 1 ming m3);
2. “ISSIQ QURILISH USTO” MCHJga qarashli asfalt-beton ishlab chiqarish sexi (kunlik gaz isteʼmoli 7 ming m3);
3. “BATTERY TECHNOLOGY” MCHJga qarashli akkumulyator ishlab chiqarish sexi (kunlik gaz isteʼmoli 2 ming m3).
Oʻz navbatida ushbu isteʼmolchilarning kunlik gaz sarfi bilan ham oʻrtacha 500 ta hovli uylarni tabiiy gaz bilan taʼminlash mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring