Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
Illyustrativ foto
Xalqaro olimlar guruhi maxsus parhezga rioya qilish Alsgeymer kasalligini rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkinligini aniqladi.
U Oʻrta yer dengizi mahsulotlaridan iborat boʻlib, tuz, shakar va toʻyingan yogʻlarni kamaytirish orqali qon bosimini pasaytirishga qaratilgan. Ushbu parhezda bargli sabzavotlar, rezavorlar, yongʻoqlar va zaytun moyi kabi miya uchun foydali boʻlgan oziq-ovqatlarga urgʻu beriladi.
Tadqiqot 1990-yillardan beri toʻplangan 45 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan qariyb 93 ming amerikalik maʼlumotlariga asoslangan. Bu vaqt ichida 21 mingdan ortiq ishtirokchilar Alsgeymer kasalligiga duch kelishdi. Biroq, parhezga qatʼiy rioya qilgan odamlarda xotira susayish xavfi 9 foizga kam boʻlgan.
“Bizning natijalarimiz oʻrta va keksa yoshdagi sogʻlom ovqatlanish odatlari va ularning vaqt oʻtishi bilan yaxshilanishi Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytirishi mumkinligini tasdiqlaydi”, — dedi tadqiqot hammuallifi Song-Yi Park.
Qizigʻi shundaki, osiyolik amerikaliklar va gavayiliklarda parhezning statistik ahamiyatli taʼsiri yoʻq edi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bu anʼanaviy ovqatlanishdagi farqlar va ushbu guruhlardagi kasallikning past darajasi bilan bogʻliq. Ular tavsiyalar ishlab chiqishda madaniy omillarni hisobga olish zarurligini taʼkidlamoqdalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring