Tojikistondan keltirilgan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Tojikistondan Oʻzbekistonda sotish uchun keltirilgan qariyb 50 kilogramm “opiy” giyohvandlik vositasi musodara qilindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990-y.t. fuqaro 49 kilogramm 599 gramm “opiy” moddasini oʻzining boshqaruvida boʻlgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasi kelgusida Xorazm viloyati hududida sotilishi rejalashtirilganligi maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasining 2-qismi va 273-moddasining 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash boʻyicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Avvalroq Fargʻona viloyati Buvayda tumanida tomorqasida 450 tup koʻknori ekkan 67 yoshli ayol ushlangani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring