Toshkentda Oʻzbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi boʻlib oʻtdi
25-avgust kuni Toshkentda Oʻzbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi hamda BAA davlat muassasalari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishdi. Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan “DP World”, “Abu Dhabi Ports”, “Masdar”, “Mubadala Health”, “VPS Healthcare”, “DAMAC”, “Kanoo Group”, “Julphar”, “Al Rais Travel and Tourism” kabi va boshqa korxonalar vakillari qatnashdi.
Tadbirda xorij delegatsiyasiga BAA Iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk al-Marri, oʻzbek delegatsiyasiga esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchilik qildi.
Delegatsiyalar rahbarlari oʻz chiqishlarida ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning yuqori darajada ekanligini taʼkidlab, qoʻshma investitsiya loyihalari sonini oshirish va uzoq muddatli savdo aloqalarini oʻrnatishning barqaror dinamikasini qayd etdilar.
Shu bilan birga, ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni yanada oshirishning shart-sharoitlarini shakllantirayotgani maʼlum qilindi. Shu nuqtayi nazardan ikki mamlakat biznes vakillari oʻzaro fikr va loyiha takliflari bilan almashish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va aniq kelishuvlarga erishishlari mumkin boʻlgan platformani yaratish zarurligi qayd etildi. Shu munosabat bilan tomonlar Oʻzbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashi tuzilganini mamnuniyat bilan olqishlab, ikki mamlakat tadbirkorlarini muvaffaqiyatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikka chaqirdilar.
Tadbir dasturi doirasida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, togʻ–kon sanoati, elektrotexnika, farmatsevtika, zargarlik va boshqa sohalaridagi investitsiyaviy salohiyatining taqdimotlari oʻtkazildi. BAA investorlari mamlakatda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish dasturi va uning oraliq natijalari bilan tanishdi.
Tadbir davomida ikki mamlakat biznes hamjamiyati vakillari oʻrtasida uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi. Tomonlar Oʻzbekistonda qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, oʻzaro manfaatli savdo bitimlarini tuzish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Forum yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Oʻzbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim, Oʻzbekiston Respublikasining “World Logistics Passport” xalqaro savdoga koʻmaklashish dasturiga qoʻshilish toʻgʻrisidagi bitim, Oʻzbekiston-BAA investitsiya kompaniyasi va “E20 Investments Ltd.” oʻrtasida Oʻzbekistonda Gilos va rezavor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim, shuningdek, Oʻzbekiston tomonidan Toshkent shahar Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi rahbariyati va BAA tomonidan Abu-Dabi iqtisodiy rivojlanish departamenti tasdiqlagan Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring