Senatda YXHT Raisining gender masalalari boʻyicha Maxsus vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 26-noyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning YXHT Raisining gender masalalari boʻyicha Maxsus vakili Saara-Sofiya Siren bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda zoʻravonlikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi. Xususan, qonunchilik va institutsional asoslarni takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, himoya va reabilitatsiya xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar haqida fikr yuritildi.
Saara-Sofiya Siren Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan gender siyosatini yuqori baholadi. U mamlakatimizda gender asosidagi zoʻravonlikka qarshi kurashish, ayollar huquqlarini mustahkamlash boʻyicha tashabbuslar katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Ayniqsa, mamlakatimizda 14 ta hududda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar reabilitatsiya va moslashuv markazlarining ahamiyati alohida qayd etildi. Fuqarolik jamiyati institutlarini, nodavlat tashkilotlarining faol ishtiroki va erkaklar hamda oʻgʻil bolalarning gender tenglikni taʼminlash jarayonlariga jalb etilishi muhimligi ham taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va YXHT oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti doirasidagi faoliyatni chuqurlashtirish, ikki tomonlama platformalar orqali tajriba almashish va amaliyotni muvofiqlashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring