Toshkentda ijtimoiy himoyaga muhtoj 162 ta oila uy bilan taʼminlandi

Sergeli tumanida oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan, imkoniyati cheklangan 110 ta oilaga turar joy kalitlari topshirildi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxoʻjayev yangi xonadon egalarini qutlab, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlatimiz tomonidan doimiy eʼtiborda ekanligini taʼkidladi.

“Shu yilning 26 yanvar kuni uy olish masalasida tuman hokimiyatiga murojaat qilgan edim. Oradan 8 oy oʻtib oʻz orzumga erishdim. Bizni qoʻllab-quvvatlab, mana shunday xayrli ishlarni amalga oshirayotgan Prezidentimizga minnatdorchilik bildiraman – deydi, Malika Erdimova.
Maʼlumot uchun, oʻtgan 2017 yilda poytaxtda 104 ta uy-joyga muhtoj oilalarga bepul va boshlangʻich toʻlovlarni toʻlab berish asosida uy berilgan. Joriy yilning 9 oyida esa ijtimoiy himoyaga muhtoj 162 ta oila oʻz xonadonlariga ega boʻldi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring