Tibbiyotni raqamlashtirish boʻyicha 50 million dollarlik loyihani boshlash vazifasi qoʻyildi
Foto: president.uz
Prezident raisligida raqamlashtirish boʻyicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Umuman, Raqamlashtirish vazirligiga tegishli vazirlik va hokimliklar bilan birgalikda:
— aholi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar boʻyicha 26 ta axborot tizimini Yagona davlat xizmatlari portali bilan birlashtirish;
— ushbu portal orqali koʻrsatilayotgan xizmatlarni hozirgi 370 tadan 570 taga yetkazish;
— yangi avtotransportlarni onlayn davlat roʻyxatidan oʻtkazish va raqam berish tizimini joriy qilish;
— yana 8 turdagi notarial harakatlarni onlayn shaklga oʻtkazish;
— jami 11 mingga yaqin suv xoʻjaligi obyektlarida suv hisobini yuritishning raqamli tizimini joriy etish;
— 2 mingdan ziyod meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashgan monitoring tizimiga oʻtkazish;
— barcha tibbiyot muassasalarini lokal tarmoq bilan qamrab olish, ularni kompyuterlar bilan toʻliq jihozlash;
— tibbiyotni raqamlashtirish boʻyicha 50 million dollarlik loyihani boshlash vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring