“Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning Mamlakatlararo gumanitar hamkorlik Fondi hamkorligida poytaxtimizda “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali oʻtkaziladi.
Festival ilk bora 2023-yilda tashkil etilgan. Bu yil ikkinchi bora oʻtkazilayotgan ushbu xalqaro festival joriy yilning 11-noyabrigacha Toshkent shahridagi “Turkiston” sanʼat saroyi va boshqa musiqa saroylarida boʻlib oʻtadi.
Unda Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Germaniya va boshqa mamlakatlardan professional ijodkorlar, ijodiy jamoalar hamda nufuzli mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Qolaversa, festivalda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri, “Turkiston” va “Oʻzbekiston solistlari” kamer orkestrlari jamoalari ham qatnashib, oʻzlarining yorqin konsertlari bilan muxlislarni xushnud etishadi.
Bundan tashqari festival doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi taʼlim muassasalarida xalqaro miqyosdagi yetuk mutaxassislar va yakkaxon ijrochilar ishtirokida mahorat darslari ham tashkil qilinadi.
“Oltin kuz” Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivalining asosiy maqsadi – yurtimizda klassik musiqani yanada rivojlantirishga hissa qoʻshish, xalqaro toifadagi yetakchi orkestrlar va ijrochilar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni kuchaytirish hamda oʻzaro ijodiy tajriba almashinuvini taʼminlashdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring