AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
NATOdagi AQSH doimiy vakili Mettyu Uitakerning soʻzlariga koʻra, Vashington Rossiyaga nisbatan bosim oʻtkazishning muqobil variantlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
“Sanksiyalar — bu prezident qoʻlidagi kartalardan faqat biri, xolos. Bugun Bryusselda men Markaziy razvedka boshqarmasi direktori bilan uchrashdim va prezident ixtiyoridagi boshqa choralarni muhokama qildik. Prezident Tramp ularni zarur deb hisoblagan paytda qoʻllash niyatida”, — dedi Uitaker.
Uning taʼkidlashicha, AQSH “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalariga qarshi joriy etilgan sanksiyalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, neft eksportiga qoʻyilgan cheklovlarni kuchaytirish niyatida.
Uitaker, shuningdek, bunday chora-tadbirlar Rossiyani mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga undaydi, degan umidda ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring