Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
TASS xabariga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp Koreya yarimorolida uzoq yillardan beri davom etayotgan mojaro va rasmiy urush holatiga yakun yasashga vaʼda berdi.
“Bilaman, siz Koreya yarimorolida hali ham rasmiy ravishda urush holatidasiz, ammo bu masalani hal etish uchun nimalar qilish mumkinligini koʻramiz”, — dedi Tramp Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuvda.
AQSH yetakchisi ushbu masalada Janubiy Koreya prezidenti jamoasi hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan “juda jiddiy ishlashini” taʼkidladi.
“Koʻramiz, balki oqilona bir yechim topishimiz mumkin”, — deya qoʻshimcha qildi Tramp.
Eslatib oʻtamiz, Koreya urushi 1950-yil iyunida boshlangan. 1953-yil iyulida 38-parallel chizigʻida joylashgan Panmunjom qishlogʻida oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida bitim imzolangan. Shu bilan 248 kilometr uzunlikdagi demarkatsiya chizigʻi tashkil etilgan. BMT kontingenti hanuzgacha Janubiy Koreya hududida boʻlib, sulh shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi va demilitarizatsiya zonasi xavfsizligini taʼminlaydi. Shu paytgacha Shimoliy va Janubiy Koreya oʻrtasida toʻliq tinchlik shartnomasi imzolangan emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring