Eldor Shomurodov Turkiyada jonlandi: “Bashakshehir”dagi yuqori koʻrsatkichlari eʼlon qilindi

12:44 01 Noyabr 2025 Sport
411 0

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Turkiya Superligasidagi ilk mavsumida samarali oʻyin namoyish etmoqda. U joriy yilda muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlish maqsadida Italiyaning “Roma” klubidan “Istanbul Bashakshehir”ga ijara asosida oʻtgandi.

Koʻplab muxlislar ushbu transferni orqaga qadam deb baholagan boʻlsa-da, Shomurodov Turkiyada oʻzini yuqori darajada namoyish eta oldi. Unga nisbatan Turkiya grandlari va Yevropa klublari tomonidan qiziqishlar borligi haqida xabarlar ham paydo boʻlmoqda.

Hozircha koʻrsatkichlar qanday?

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasidagi barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi. U:

8 ta oʻyinda toʻliq 90 daqiqa harakat qildi;

“Qayserispor”ga qarshi — 70 daqiqa,

“Beshiktosh” va “Fotix Qaragumruk”ga qarshi — 85 daqiqadan oʻynadi.

Shomurodov hozirgacha quyidagi jamoalar darvozasini ishgʻol etdi: “Antaliyaspor” (2 ta), “Beshiktosh”, “Alanyaspor”, “Konyaspor”, “Galatasaray” va “Kocayelispor”.

Uning hisobida 7 ta gol bor va u ayni paytda na faqat “Bashakshehir”ning, balki butun Turkiya Superligasining toʻpurari sanalmoqda.

Shuningdek, Eldor “Fotix Qaragumruk”ga qarshi uchrashuvda golli uzatma amalga oshirib, “gol+pas” koʻrsatkichida 8 ochkoga erishdi. Bu koʻrsatkich boʻyicha ham u ligada yetakchi.

Statistika nimani koʻrsatmoqda?

xG koʻrsatkichiga koʻra Shomurodov mavsumda 5 ta gol urishi kutilgan edi, ammo u 7 ta gol bilan bu natijani ortda qoldirdi.

Uzun uzatmalar aniqligi — 90%, bu ligadagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri.

Dribling muvaffaqiyati — 61%, bu borada u Superliganing eng yaxshi 5 hujumchisi qatorida.

Havodagi kurashlarda gʻalaba foizi — 42%.

“Sofascore” umumiy bahosi — 78, oʻrtacha — 7.07 (hujumchilar orasida yuqori koʻrsatkichlardan).

Eldor Shomurodovning Turkiya chempionatidagi debyuti muvaffaqiyatli boshlandi. Uning samarali oʻyini “Bashakshehir”da ham, terma jamoada ham yuqori natijalardan umid qilish imkonini bermoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер