Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 23-oktyabr kuni Prezidentning “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–190-son Farmoni qabul qilindi.
Farmondan koʻzlangan asosiy maqsad etib, kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitishda boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali yagona yondashuv asosida kasbga oʻqitish, ilgʻor xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash belgilandi.
Hujjat bilan, Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etildi.
Kasbiy taʼlim faoliyatini davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va oʻquv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi.
Kengash tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari kiritiladi.
Shuningdek, quyidagi tizim va taʼlim tashkilotlar Kasbiy taʼlim agentligiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining:
• Professional taʼlimni rivojlantirish instituti — Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti sifatida;
• Oliy va professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi — Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi sifatida;
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlim boshqarmalari sifatida;
• Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda texnikumlar.
Bundan tashqari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlari va ularning filiallari texnikumlar sifatida qayta tashkil etilib, Agentlik tizimiga oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring