Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Hindustan Times xabariga koʻra, Andxra-Pradesh va Odisha shtatlarida “Montta” tropik sikloni sababli 87 mingdan ortiq aholi xavfsiz joylarga koʻchirildi. Kuchli shamol va yogʻingarchilik mintaqaga katta zarar yetkazgan.
Bengal qoʻltigʻida shakllangan siklon 29-oktyabr kechasi Hindistonning sharqiy sohiliga yetib kelgan.
Boʻron natijasida koʻplab daraxtlar qulagan, elektr uzatish tarmoqlari shikastlangan. Shuningdek, oʻnlab aviareyslar va poyezdlar bekor qilingan yoki yoʻnalishi oʻzgartirilgan. Maʼlum boʻlishicha, bir kishi halok boʻlgan.
Andxra-Pradeshda 76 mingga yaqin, Odisha shtatida esa 11 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilingan. Boʻron oqibatlarini bartaraf etish uchun qoʻshimcha maxsus texnika va qutqaruv guruhlari jalb etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring