Termizda Erkin Aʼzam tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi

12:07 01 Dekabr 2025 Jamiyat
184 0

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, xalq qalbidan mustahkam oʻrin olgan dramaturg Erkin Aʼzam tavalludining 75 yilligi tantanali ravishda keng nishonlandi.

Termiz shahrida oʻtkazilgan ushbu bayram tadbirida viloyat hokimligi rahbariyati, adabiyot va sanʼatning taniqli vakillari, ijod ahli, adabiyot ixlosmandlari, adibning yaqinlari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Marosim davomida Erkin Aʼzam asarlaridan parchalar oʻqib eshittirildi, shuningdek, uning ijodi asosida yaratilgan filmlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari adibning noyob uslubi, zamonaviy oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, xalqchiligi va insonparvar gʻoyalariga boy ijodi haqida samimiy fikrlar bildirishdi.

Hozirda Erkin Aʼzam “Tafakkur” jurnali bosh muharriri sifatida faoliyat yuritib, oʻzining boy adabiy merosini yanada takomillashtirib kelmoqda.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?