Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.
Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:
- investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida;
- strategik ahamiyatga ega xomashyo sohasida hamkorlik toʻgʻrisida;
- migratsiya va harakatlanish erkinligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida;
- barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, madaniy merosni saqlash sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida;
- Iqlim jamgʻarmasi va Italiya qishloq xoʻjaligi konfederatsiyasi bilan hamkorlik, “Sogesid” va “Ansaldo” kompaniyalari bilan “yashil” rivojlanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida;
- Tushia, Piza va Turin universitetlari bilan sheriklik toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi ham oʻtkazildi.
Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, “SIMEST” va “Danieli” kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring