Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Szyanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Xitoy Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi barqaror oshib bormoqda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi qo‘shma loyiha va korxonalar soni ko‘paymoqda.
"Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv yuqori baholandi. Joriy yilda navbatdagi Hududlar forumi va Ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi.
Parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni, ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, raqamlashtirish va sanoatlashtirishni jadallashtirish kabi sohalarda yanada kengaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Oliy va professional ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring