Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning 12-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Malikaxon Kalandarova sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, shundan besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.
Shuningdek, Abrorxon Akramov, Djaxangir Djurayev, Nosir Zaynabidinov, Mansurbek Kurbanov, Jamoladdin Kuryazov, Uktam Mamadiyev, Shuhrat Mullajanov, Umida Nishonova va Odiljon Turdiyev oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan O.Ismailov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimidan, T.Mirzayev, M. Eshimbetov, B. Ergashev, shuningdek, oʻz arizasiga binoan A.Bekmanov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring