Senatorlar XMTning navbatdagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning ellik birinchi yalpi majlisida “Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar toʻgʻrisidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Taʼkidlangandek, Xalqaro mehnat tashkilotining 156-sonli Konvensiyasining maqsadi – haq toʻlanadigan ishni bajaradigan yoki bajarishni xohlaydigan, ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlarni taʼminlash, oilaviy majburiyatlarga ega boʻlgan shaxslarning kamsitishga uchramagan hamda imkon qadar kasbiy va oilaviy majburiyatlarni uygʻun tarzda birlashtirgan holda oʻz huquqlaridan foydalana olishdir.

Xalqaro mehnat tashkilotining 156-sonli Konvensiyasi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalariga va barcha toifadagi ishchilarga nisbatan qoʻllaniladi. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, mazkur Konvensiyaning barcha talablari Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga toʻliq implementatsiya qilingan.
Konvensiya hozirgi kunga qadar Xalqaro mehnat tashkilotiga aʼzo boʻlgan 187 ta davlatning 45 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ular qatorida Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Qozogʻiston kabi mamlakatlar bor.

Senatorlar fikricha, Konvensiyani ratifikatsiya qilish kelgusida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishda mehnat munosabatlariga taalluqli boʻlgan talablarni, xalqaro standartlarni samarali joriy etish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda Oʻzbekistonning ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Muhokama yakunlari boʻyicha Qonun maʼqullandi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring