Samarqandda bir oyda 14,25 mlrd soʻmlik giyohvandlik vositalari fosh etildi
Foto: Samarqand viloyati IIB
Samarqand viloyatida bir oyda umumiy bahosi 14 milliard 256 million soʻm boʻlgan 90 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB va Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq bir necha holatlar fosh etilgan.
Xususan, giyohvandlik vositalarini parvarishlash bilan bogʻliq 4 ta holat aniqlanib, 25 tup giyohvandlik oʻsimliklari hujjatlashtirib olingan. Giyohvandlik vositalarini sotish, saqlash va yetkazish boʻyicha 128 ta holatlar aniqlanib, umumiy ogʻirligi 90 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari tegishli tartibda musodara qilingan.
Shuningdek, kuchli taʼsir etuvchi psixotrop moddalarni sotish, saqlash va yetkazish boʻyicha 6 ta holat aniqlanib, 954 dona kuchli taʼsir etuvchi moddalar va 1 kilogramm 993 gramm sintetik giyohvandlik vositalari hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring