Ronaldu zamonaviy texnologiyalarni dogʻda qoldirdi

15:28 04 Dekabr 2025 Sport
121 0

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu NASA'ning sobiq mutaxassisi tomonidan tayyorlangan robotga gol urdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

“Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida maydonda ham, maydondan tashqarida ham koʻplab qiyinchiliklarni boshidan oʻtkazgan. Yaqinda esa u eng murakkab sinovlaridan biriga duch keldi. Yaʼni, kameralar va sensorlar tizimi tomonidan boshqariladigan, deyarli gol oʻtkazmaydigan darvozabonga gol kiritishni uddaladi”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, ushbu super darvozabonning yaratuvchisi — NASA va Apple kompaniyalarining muhandisi Mark Rober hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?