Qoraqalpogʻistonda 6 oyda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hajmi oʻtgan yilga nisbatan 2 karra oʻsgan

12:51 20 Avgust 2024 Siyosat
347 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi kunda 100 tadan ortiq ishchisi bor korxonalar 3 mingga yaqinlashib, ulardagi ish oʻrni bir yilda 440 mingga koʻpaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nukus shahrida boʻlib oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida maʼlum qilindi.

Xususiy sektorda 5 million soʻmdan koʻp maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million soʻmdan ziyod oylik oladi.

Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan koʻra qonuniy faoliyat, sogʻlom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat.

Tadbirkorlik reytingida “A” va “B” – yaxshi toifaga kiruvchi korxonalar 91 mingga koʻpaydi, yana 170 ming korxona “D” – eng yomon toifadan chiqarildi. Buning hisobiga soliq tekshiruvlari oʻtgan yilga nisbatan 2 karra, jumladan, kameral tekshiruvlar 3 karra qisqardi.

Shu davrda yirik soliq toʻlovchilar tushumlari 10 foizga, viloyat darajasidagi korxonalarda 25 foizga, tuman tadbirkorlari toʻlayotgan soliqlar 40 foizga oʻsdi.

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “tekshirsa – qoʻrqadi, qoʻrqsa – soliq toʻlaydi”, degan qarash bilan ish yurmasligini hamma, ayniqsa soliqchilar tushunib yetdi.

Sodda qilib aytganda, mansabdorlar tadbirkor bilan muloqot qilishga oʻrgatilib, biznes muhitini yaxshilash boʻyicha tub burilish yasaldi.

Olti oyda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hajmi oʻtgan yilga nisbatan 2 karra oʻsib, 14 milliard dollarga yetdi.

Bu – investorlarning Oʻzbekistonda biznes qilishga ishonchi ortib borayotganidan dalolat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?