Pavel Durov: Mening hibsga olinishim Fransiyaning erkin davlat sifatidagi obroʻsiga putur yetkazdi

Foto: AP
Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining bir yil avval Fransiyada hibsga olinganini “politsiyaning xatosi” deb atadi. Bu haqda u oʻz Telegram kanalida yozdi.
“Meni hibsga olishlari kulgili boʻldi, chunki bu Fransiya politsiyasining oʻz xatosi edi. 2024-yil avgustigacha ular Fransiya va Yevropa Ittifoqi qonunlarini mensimay, Telegramʼga soʻrovlarni qonuniy tartibda yubormagan”, — dedi u.
Durovning taʼkidlashicha, oradan bir yil oʻtib olib borilgan tergov ham uning va Telegramʼning aybini isbotlay olmadi.
“Bizning moderatsiya amaliyotimiz soha standartlariga toʻliq mos keladi, Telegram esa har doim Fransiyadan kelgan qonuniy soʻrovlarga javob bergan”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Durovga koʻra, uning hibsga olinishi yagona natija — Fransiyaning erkin mamlakat sifatidagi obroʻsiga putur yetkazganidir. Hozir ham u har 14 kunda Fransiyaga qaytishga majbur, biroq apellyatsiya sanasi hanuz belgilanmagan.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil 24-avgust kuni Pavel Durov Parijdagi Le-Burje aeroportida hibsga olingan edi. Unga nisbatan “jinoyatchi guruh tarkibida noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun internet platformasini boshqarishda ishtirok etish” kabi ayblovlar qoʻyilgan.
Sud qarori bilan u 5 mln yevro garov evaziga qoʻyib yuborilgan, biroq ikki marta haftasiga politsiya boʻlimiga borib turishi va Fransiyani tark etmasligi shart qilib qoʻyilgandi.
Joriy yil iyun oyida Fransiya hukumati bu cheklovlarni yumshatib, Durovga 10-iyuldan boshlab mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring