Oʻzbekistonga 200 ta dukkakli ekin ekish-yigʻish texnikalari olib kelinadi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonga 200 ta dukkakli ekin ekish-yigʻish texnikalari olib kelinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, eksportda eng katta zaxiralardan biri – dukkakli mahsulotlar. Har yili 450 million dollarlik loviya, mosh, tariq va noʻxat eksport qilinmoqda.
Bu ekinlar paxta bilan bir vaqtda yetilgani, ishchi kuchi yetishmagani uchun hosilning 30 foizi isrof boʻlmoqda. Lekin birorta hokim shu paytgacha yangi ekin yerlarini koʻpaytirish u yoqda tursin, tayyor hosilning oʻzidan 150-200 million dollar eksport boy berilayotganini hisob-kitob qilmagani tanqid qilindi.
Butun dunyoda fermerlar dukkakli ekinlarni maxsus kombayn bilan yigʻishtiradi. Shu bois Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan dukkakli ekin ekish-yigʻish texnikalariga 15 foizgacha subsidiya berilishi, kredit stavkasining 10 foizdan oshgan qismi qoplab berilishi eʼlon qilindi.
Mutasaddilarga bir oyda ushbu tizimni yoʻlga qoʻyish, yil oxirigacha 200 ta bunday texnikani olib kelish topshirildi.
Oʻzimizda dukkakli mahsulot yetishmagani uchun tadbirkorlar import qilib, qayta ishlab, reeksport qilyapti. Lekin eksportchilar respublika ichida tashishga ortiqcha xarajat qilmoqda. Chunki amaldagi tartibga koʻra, mahsulot qaysi chegara postidan kirsa, eksport ham oʻsha yerdan boʻlishi kerak.
Shu munosabat bilan Bojxona qoʻmitasiga bojxona rejimida qayta ishlangan mahsulotni istalgan postdan eksport qilish tizimini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring