Oʻzbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

15:24 27 Avgust 2024 Iqtisodiyot
465 0

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasman ishlayotgan pensionerlar sonini maʼlum qildi.

“Yagona milliy mehnat tizimi”dan olingan maʼlumotlarga koʻra, 27-avgust holatiga rasman ishlayotgan pensionerlar soni 583 785 nafarni tashkil etmoqda. Shundan erkaklar 235 140 nafar (40,3 foiz), ayollar 348 645 nafar (59,7 foiz). Sektorlar boʻyicha:

  • Davlat tashkilotlarida – 243 588 nafar (41,7 foiz);
  • Xususiy sektorda – 340 197 nafar (58,3 foiz).

Hududlar kesimida top-5:

  • Toshkent shahri – 98 706 nafar (16,9 foiz);
  • Toshkent viloyati – 55 030 nafar (9,4 foiz);
  • Samarqand viloyati – 50 429 nafar (8,6 foiz);
  • Andijon viloyati – 49 102 nafar (8,4 foiz);
  • Fargʻona viloyati – 48 912 nafar (8,3 foiz).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?