Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalarini bir necha bor buzgan haydovchilar uchun jarima chegirmalari bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistonda ayrim turdagi yoʻl harakati qoidalarini takroriy ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan jarima toʻlashdagi imtiyozlar bekor qilinishi taklif etildi. Ichki ishlar vazirligi bu haqdagi loyihani jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.
Maʼlumki, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 332-1-moddasiga koʻra, agar haydovchi jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror berilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarimaning 50 foizini yoki 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlasa, qolgan qismi kechiriladi.
Loyihada esa ushbu tartib ayrim hollarda qoʻllanmasligi nazarda tutilmoqda. Yaʼni, muayyan qonunbuzarlikni bir oy ichida bir necha bor sodir etgan haydovchilar uchun chegirma amal qilmaydi.
Jumladan:
— transport vositasi haydovchisi yoʻl harakati tezligini belgilangan meʼyordan 40–60 km/soatdan ortiqqa oshirsa va bunday holat bir oyda 5-marta qayd etilsa;
— haydovchi svetoforning taqiqlovchi signali yoki yoʻl harakati nazoratchisi taqiqlovchi ishorasida toʻxtamasa va bu holat bir oyda 2-marta sodir etilsa;
— haydovchi qarshi yoʻnalish polosasiga chiqib ketsa yoki boshqa haydovchilarning xavfsizligiga tahdid solgan holatda harakat qilsa va bu holat bir oyda 2-marta kuzatilsa.
Shuningdek, hujjatda yoʻl harakati qoidalarini tizimli ravishda buzgan yoki tezlikni 100 km/soatdan koʻproqqa oshirgan haydovchilarni haydash huquqidan mahrum etish masalasi ham koʻtarilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring