Oʻzbekistonda 6 oyda bolalarga nisbatan 60 ta zoʻravonlik sodir etilgan

11:23 07 Iyul 2025 Jamiyat
197 0

Illyustrativ foto

2025-yilning dastlabki 6 oyi davomida bolalarga nisbatan 60 ta zoʻravonlik sodir etilgan. Bu haqda Bolalar ombudsmani tomonidan amalga oshirilgan yarim yillik ishlar hisobotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, internet tarmogʻi monitoringida bola huquqlarining buzilishiga oid 185 ta holat aniqlandi va tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda tekshirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zoʻravonlik holatlari yuzasidan 16 ta jinoyat ishi hamda 22 ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan.

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakil nomiga kelgan 885 ta murojaat koʻrib chiqildi. (oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga oshgan). 20 ta murojaat (2,3 foiz) voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yoʻllangan.

Taʼkidlanishicha, Bolalar ombudsmani 2025-yilning birinchi yarmida 21 ta shaxsiy qabul oʻtkazib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaati koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, ota-onasi va boshqa yaqinlari bergan murojaatlar boʻyicha 5 nafar bola xorijdan Oʻzbekistonga olib kelinishiga, 1 nafar bola oʻz yurtiga, Rossiya Federatsiyasiga qaytarilishiga erishilgan.

Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bolaga boʻlib turgan shaharlarida barcha zarur shart-sharoitlar taʼminlanib, soʻng Oʻzbekistonga qaytarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?