Toshkentda havo sifati boʻyicha maxsus yigʻilish oʻtkazildi
Toshkent shahridagi havo sifati bilan bogʻliq vaziyatni yaxshilash maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida Maxsus komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda masʼullar tomonidan amalga oshirilayotgan choralar va qoʻshimcha vazifalar muhokama qilindi.
“Prezidentimiz mendan har kuni bu masala boʻyicha hisobot soʻrayaptilar. Xalqimizning salomatligi bilan bogʻliq masala boʻlgan joyda hech birimizning sustkashlikka yoʻl qoʻyishimizga haqqimiz yoʻq”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Majlisda yirik yashil hududlar barpo etish, bogʻlar tashkil qilish, tabiiy suv havzalari atrofini obodonlashtirish va sunʼiy koʻllar qurish boʻyicha rejalar taqdim etildi. Shuningdek, sanoat zonalari va issiqxonalarda ekologik talablarning bajarilishini qatʼiy nazorat qilish zarurligi qayd etildi.
Tadbirda belgilangan meʼyorlarga rioya qilgan holda faoliyat yuritmoqchi boʻlgan tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash davom ettirilishi, biroq ekologik talablarga amal qilmaydigan har qanday subyektga nisbatan keskin choralar koʻrilishi, bunda hech kimga istisno boʻlmasligi alohida taʼkidlandi.

Saida Mirziyoyeva Fargʻona viloyatida ham ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha shoshilinch choralar koʻrish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring