Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi

Prezidentning tegishli qarori bilan respublikaning 16 ta tuman va shahrini jadal kompleks rivojlantirishning asosiy maqsadlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7–8 foizga, xizmatlar hajmi 15–17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4–5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4–5 foizga, kambagʻallik esa 5–6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.
Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratilib yangilanadi.
Ushbu master reja loyihalari bilan Asaka, Gʻijduvon, Gʻallaorol, Xatirchi, Chortoq, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot tumanlari hamda Yangiyoʻl shahri markazlarida yashash, dam olish, xizmat koʻrsatish va tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Xatirchi, Quva va Chortoq tumanlarida turizmni rivojlantirish boʻyicha alohida master rejalar ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring