O'zbekiston yangilangan FIFA reytingida yuqoriladi

Foto: O‘FA
Futbol bo'yicha milliy terma jamoalar reytingi yangilandi. Bu haqida FIFA o'zining rasmiy saytida xabar berdi.
Unga ko'ra, Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi reytingda 1 pog'ona yuqorilagan holda 54-o'ringa ko'tarilib oldi.Shuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo mamlakatlari orasida 6-o'rinni band etgan.
Ispaniya 11 yillik tanaffusdan so'ng reyting peshqadamligiga qaytdi. Argentina JCh–2026 saralash bosqichida Ekvadorga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgach, yetakchilikni boy berdi va uchinchi o'ringa tushib ketdi. Shu tariqa, jahon reytingining birinchi beshligi quyidagicha ko'rinish oldi:
1. Ispaniya;
2. Fransiya;
3. Argentina;
4. Angliya;
5. Portugaliya.
Osiyoda FIFAning yangi reytingida yetakchilar quyidagicha shakllandi:
1. YAponiya;
2. Eron;
3. Janubiy Koreya;
4. Avstraliya;
5. Qatar;
6. O'zbekiston.
Bu natijalar qit'a terma jamoalarining so'nggi xalqaro uchrashuvlardagi barqaror o'yinlari va saralash bosqichlarida qo'lga kiritgan yutuqlari bilan izohlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi avgust-sentabr oylari oralig'ida bo'lib o'tgan «CAFA National Cup» turniri g'olibiga aylangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring