Oʻzbekiston va Ozarbayjon Xalq artisti Firudin Safarov vafot etdi
Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun, 26-iyul kuni Oʻzbekiston va Ozarbayjon Xalq artisti, taniqli rejissyor, opera sahnasining ajoyib ustasi Firudin Safarov 91 yoshda olamdan oʻtgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.
Aytish joiz, Firudin Safarov opera teatr sanʼatida oʻziga xos oʻchmas iz qoldirgan noyob isteʼdod egasi, oʻz kasbiga sadoqatli va fidoyi sanʼatkor boʻlgan. Shuningdek, u Oʻzbekistondagi ommaviy bayramlarning badiiy rahbari va sahnalashtiruvchi-rejissyori sanalgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring