Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik holati muhokama qilindi
Belarus Respublikasi Yuristlar uyushmasi tomonidan “Oʻzbekiston bilan biznes: savdo, sarmoya, nizolarni hal etish. Huquqiy va amaliy maslahat” mavzusida biznes-seminar oʻtkazildi.
Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov maʼruza bilan ishtirok etdi. Anjumanda jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston bozorida savdo, investitsiya va nizolarni hal etishning dolzarb mavzulari muhokama qilinib, xorijiy kompaniyalar uchun mamlakatimizda biznes yuritishning huquqiy va amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Eldor Tulyakov oʻz nutqida Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarishning bugungi holati haqida soʻz yuritdi. Jumladan, Belarus Respublikasi Prezidentining 2024-yil fevral oyidagi davlatimizga tashrifi chogʻida imzolangan ilmiy-ishlab chiqarish, energetika, intellektual mulk, sport, madaniyat, sanʼat, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim va protokollarning ahamiyatiga toʻxtaldi.
Shuningdek, u “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadigan bir qancha asosiy yoʻnalishlar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

“Oʻzbekistonning strategik maqsadlarini hisobga olgan holda, Belarus Respublikasi bilan mazkur sohalardagi faol hamkorlik “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish va ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga sezilarli hissa qoʻshadi” – dedi Eldor Tulyakov.
Seminar davomida ishtirokchilarga biznes madaniyatini oʻrganish va shaxsiy aloqalarni oʻrnatish, ish yuritishda moslashuvchanlik, bitimlar tuzishda rejalashtirish va risklarni baholash boʻyicha umumiy amaliy tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring