Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning tarafdorlari hozirgi Suriya hukumatiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarish umidida millionlab dollar sarflamoqda, deb yozdi Reuters 5-dekabr kuni.
Manba maʼlumotlariga koʻra, sobiq razvedka rahbari Kamil Hasan va Asadning amakisining oʻgʻli Ramy Maxluf alavit xalqidan boʻlgan taxminan 50 ming nafar jangarini mablagʻ bilan taʼminlab, ularning sadoqatini qozonishga harakat qilmoqda. Ular Suriya qirgʻogʻidagi yer ostida joylashgan qoʻmondonlik punktlari va qurol-yarogʻ omborlarini nazoratga olishni maqsad qilgan. Hasan va Maxluf bu ishlarni mustaqil ravishda olib borayotgani va bir-birini yoqtirmasligi qayd etilgan.
Reuters yozishicha, Suriyaning yangi hukmdori bu rejalardan xabardor. Ularga qarshi turish maqsadida Asad armiyasining yana bir sobiq yuqori lavozimli harbiysi — Xolid al-Ahmad jalb etilgan. Uning vazifasi — alavitlarni yangi hukumat bilan munosabat oʻrnatishga ishontirishdan iborat.
Manbaga koʻra, Asadning oʻzi “umuman olganda Moskvadagi hayotga koʻnikib qolgan” va Suriyaga qaytish haqida reja tuzmayapti.
Bashar Asad rejimi bir yil oldin agʻdarilgandi. Sobiq prezident Rossiyaga qochib oʻtgan va u yerda boshpana olgan. Suriyaning yangi hukumati uni qaytarishni talab qilgan boʻlsa-da, Moskva bu talabni rad etmoqda.
Suriya aholisining atigi 10 foizini tashkil etuvchi alavitlar Asad hukmdorligi davrida asosiy tayanch kuch boʻlgan (Asadning oʻzi ham alavit). Mart oyida, yangi hukumat hokimiyatga kelganidan koʻp oʻtmay, alavitlar yashaydigan viloyatlarda qoʻzgʻolon boshlangan, ammo u qattiq bostirilgan va minglab odamlar halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring