Oʻzbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz boʻldi

Foto: Boxing Uzbekistan
Joriy yilning 1-11-avgust kunlari Tailandning Bangkok shahri yoshlar va 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan bokschilar umumjamoa hisobida medallar jamgʻarish boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Oʻzbekiston Boks federatsiyasi xabar berdi.
9-avgust kuni turnirning oʻsmirlar (19 yoshgacha boʻlgan bokschilar) oʻrtasidagi musobaqalari yakunlandi va oʻzbekistonlik bokschilar 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqqan holda umuman jamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Kecha, 11-avgust kuni yoshlar (22 yoshgacha boʻlgan bokschilar) oʻrtasidagi bellashuvlar ham oʻz nihoyasiga yetdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, Oʻzbekiston U-22 jamoasi 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu koʻrsatkich bilan jamoa yana bir bor qitʼada birinchi boʻldi. Shu tariqa ikki yosh toifasini oʻz ichiga olgan musobaqada oʻzbekistonlik bokschilar jami 15 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Ahamiyatlisi shundaki, tarixda ilk bor “World Boxing” tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga 38 nafar bokschi bilan borgan Oʻzbekiston terma jamoasi 31 ta medal bilan ortga qaytdi.
U-19 toifasida gʻolib va sovrindor boʻlganlar:
Oltin medal:
-65 kg. Jahongir Zayniddinov
-70 kg. Abdulaziz Joʻraqulov
-80 kg. Norbek Abdullayev
-85 kg. Samir Sobirov
+90 kg. Islam Salihov
-60 kg. Sevara Mamatova
+80 kg. Sobiraxon Shahobiddinova
Kumush medal:
-75 kg. Muhammadjon Yaqupboyev
-48 kg. Maftuna Musurmonova
-70 kg. Rayhona Qurbonboyeva
Bronza medal:
-60 kg. Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg. Maftuna Yangiyeva
-80 kg. Ruxshona Parpiyeva
U-22 toifasida gʻolib va sovrindor boʻlganlar:
Oltin medal:
-55 kg. Samandar Olimov
-65 kg. Sayat Ilyasov
-70 kg. Muhammadazizbek Ismoilov
-75 kg. Shavkatjon Boltayev
-85 kg. Abdulaziz Abdurahmonov
+90 kg. Halimjon Mamasoliyev
-51 kg. Gulsevar Gʻaniyeva
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova
Kumush medal:
-60 kg. Shohruh Abdumalikov
-80 kg. Rahmatillo Boymatov
-90 kg. Shahzod Polvonov
-48 kg. Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
-70 kg. Oysha Toirova
Bronza medal:
-50 kg. Behruz Xoldorov
-60 kg. Odinaxon Ismoilova
-65 kg. Mohira Ahmedova
+81 kg. Diyoraxon Abdumannobova
Bugun, 12-avgust kuni ertalab qahramonlar Vatanga qaytib keldi.

Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov, Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, federatsiya rasmiylari, OAV vakillari va sportchilarning yaqinlari tantanali ravishda kutib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring