Oʻzbekiston 70 million AQSH dollaridan ortiqqa gilos eksport qilgan
Oʻzbekiston 2024-yilning dastlabki 8 oyida katta miqdordagi gilosni chet davlatlarga eksport qilgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida 16 ta davlatga qiymati 70,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan 32,2 ming tonna gilos eksport qilgan.
Maʼlum qilinishicha, gilos eksporti qiymati oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,5 million AQSH dollariga oshgan.
2024-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp gilos eksport qilgan davlatlar roʻyxatida Rossiya 25,4 ming tonna bilan birinchi oʻrinda turibdi.
Oʻzbekistondan eng koʻp gilos eksport qilgan mamlakatlarning “TOP-9”ligi esa quyidagicha:
1. Rossiya – 25,4 ming tonna
2. Qozogʻiston – 3,5 ming tonna
3. Qirgʻiz R. – 2,7 ming tonna
4. Belarus – 193 tonna
5. BAA – 118 tonna
6. Xitoy – 91 tonna
7. Koreya – 28 tonna
8. Malayziya – 17,4 tonna
9. Saudiya Arabistoni – 7,1 tonna
Avvalroq, “Avitsenna” nomli milliy brend yaratilishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring