Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik uchun javobgarlik belgilandi

Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda ommaviy tartibsizliklar sodir etish uchun oʻquvdan oʻtganlar 225 mln soʻmgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 27-mart kuni qabul qilingan qonun (OʻRQ-1051) bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlikni belgilovchi oʻzgartirish kiritish nazarda tutilgan.
Qonunga koʻra, shaxsning ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi — BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5-yildan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Shuningdek, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u oʻquvdan oʻtganligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, oʻquvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilandi.
Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Taekvondochilarimiz klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini 14 ta medal bilan tugatishdi
- Duatlon: eng kuchlilar ma’lum bo‘ldi
- Sambo: vakillarimizning xalqaro turnirdagi muvaffaqiyati
- Oʻzbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 27 ta medalga ega chiqdi
- 2025-yilgi FIDE Jahon rapid va blits chempionati Qatarda oʻtkaziladi
- Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring