Niderlandiyada 8 yoshli xaker darknetda oʻq otar qurol sotib olgan

19:37 05 Yanvar 2024 Dunyo
527 0

Xabarlarga koʻra, Niderlandiya fuqarosi Barbara Gemenning 8 yoshli oʻgʻli Internet orqali pul toʻlamasdan turli xil tovarlarga buyurtma berib, yashash uyiga olib keltira boshlagan. Bolaning bu harakati avvaliga pissa kabi taomlarlarni buyurtma qilish orqali zararsiz hisoblangan edi.

Ammo, koʻp oʻtmasdan bolakay darknet orqali buyurtma berib, haqiqiy jangovar oʻqotar qurol, yaʼni AK-47 avtomatini oʻq dorilari bilan birga yashash uyiga yetkazib berilishiga erishgan.

Gemenning soʻzlariga koʻra, oʻgʻli oxirgi paytlarda kechasi uygʻonib, kompyuter qarshisida kunu tun oʻtiradigan boʻlgan va doim stressda, jizzaki boʻlib qolgan. Shundan soʻng, ona oʻgʻlini xakerlar guruhi bilan ishlaganligini bilib qolganini aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?