Netanyahu Falastinni tan olgan davlatlarga javob qaytarishini aytdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Falastin davlati Iordan daryosining gʻarbida hech qachon tuzilmasligini maʼlum qildi. Uning bayonotini bosh vazir matbuot xizmati tarqatdi.
— Falastin davlati boʻlmaydi. Bizning yuragimizda terrorchi davlat barpo etishning soʻnggi urinishiga javobni AQSHdan qaytgach beraman, — dedi Netanyahu.
Isroil bosh vaziri, shuningdek, Falastinni tan olgan mamlakatlar rahbarlariga murojaat qildi.
— 7-oktyabrdagi dahshatli qirgʻindan keyin Falastin davlatini tan olgan yetakchilarga aniq xabarim bor: siz terrorizmga ulkan mukofot bermoqdasiz. Men yillar davomida bu terrorchi tuzilmaning barpo etilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ichki va tashqi ulkan bosimlarga qarshi turdim. Biz qatʼiy va oqilona yoʻl tutdik. Bundan tashqari, Yahudeya va Samariyada yahudiylar qurilishini ikki baravar oshirdik va bu yoʻldan borishda davom etamiz. Davlatimiz markazida terror davlatini oʻrnatish urinishiga javobni men AQSHdan qaytgach beraman. Kuting, — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Portugaliya Falastin davlatini tan olganini eʼlon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring