"Navroʻz" va Ramazon hayiti munosabati bilan qoʻshimcha elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

14:25 04 Mart 2025 Jamiyat
260 0

“Navroʻz" va Ramazon hayiti munosabati bilan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 775/776-sonli "Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida qatnovchi “Afrosiyob" elektropoyezdi qoʻshimcha qatnovni amalga oshiradi. Bu haqida "Temiryoʻlekspress” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, "Afrosiyob" elektropoyezdi joriy yilning 20, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 30, 31-mart va 1-aprel kunlari qoʻshimcha qatnovni amalga oshirishi belgilangan.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi, Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15,

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi, Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?