“Mikrokreditbank” ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida roʻyxatdan oʻtgani maʼlum boʻldi

16:32 19 Sentyabr 2024 Iqtisodiyot
341 0

Arxiv foto

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holatlari yuzasidan navbatdagi oʻrganishlar oʻtkazildi.

“Mikrokreditbank” ATB, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda “Turonbank” ATB va ularning tizim tashkilotlari oʻrganilganda ularning 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan, “Mikrokreditbank” ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subyektida, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 41 nafar boshqaruv xodimi 46 ta tadbirkorlik subyektida hamda “Turonbank” ATBning 13 nafar boshqaruv xodimi 13 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari boʻyicha Agentlik tomonidan mazkur banklarga taqdimnomalar kiritildi.

Oʻz navbatida, banklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlarida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?