Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro standartlar milliy qonunchiligimizga joriy etiladi

13:18 24 Yanvar 2023 Siyosat
399 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish toʻgʻrisidagi 148-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1977-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi quyi palataning joriy yil 10-yanvar kuni boʻlib oʻtgan majlisida muhokama qilinib, birinchi oʻqishda qabul qilingan edi. 

Loyihani ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida deputatlar tomonidan kelib tushgan qator takliflar asosida hujjat matniga tahririy oʻzgartishlar kiritildi.

Xususan, qonun nomidagi “ishchilar” jumlasi mamlakatimizning bandlik sohasidagi qonunchilikdan kelib chiqib, “xodimlar” soʻziga oʻzgartirildi. Shundan kelib chiqib, Xalqaro mehnat tashkilotining 148-sonli Konvensiyasining oʻzbek tilidagi matni ham Oʻzbekiston Respublikasining mehnat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Mazkur Konvensiyaga qoʻshilish Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari hamkorligida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchiligimizga joriy etish boʻyicha izchil choralarni koʻrishga xizmat qiladi. Eʼtiborli jihati, kelgusida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?