Mahallalararo “salomatlik yoʻlagi”

Boyovut tumanidagi Madaniyat, Uchturgon, Olmazor mahallalarida istiqomat qilayotgan fuqarolar bir kunda 5 ming metrdan ziyod masofaga yurish uchun shu mahallalar hududidan oʻtgan yoʻlakdan ikki marta borib qaytsa bas, ushbu rejasi ortigʻi bilan bajariladi.
Negaki, mazkur “salomatlik yoʻlagi”ning uzunligi 1.6 kilometr boʻlib, tuman markazidan Olmazor mahallasigacha choʻzilgan. Eʼtiborlisi, uning yonidan katta ariq oqib oʻtadi va bu manzara kishiga oʻzgacha zavq bagʻishlashi barobarida atrof-javonib havosining musaffoligi hamda moʻtadilligini ham taʼminlaydi. Yoʻlak boʻylab koʻzi ojiz shaxslarning ravon harakatlanishi uchun boʻrtma yoʻlkoʻrsatkich belgilari bor maxsus qoplamalar ham yotqizilgan.
— Salomatlikni mustahkamlash maqsadida piyoda yurish mashqlarini bajarish hamda sayr qilib maroqli dam olishga qulay imkon yaratish uchun istirohat bogʻlaridagi sharoitni yanada yaxshilashga ham katta eʼtibor berilyapti, — deydi Boyovut tumani hokimi oʻrinbosari Komiljon Abdaliyev. — Markaz va Navroʻz mahallasida joylashgan shunday maskanlarda obodonlashtirish amalga oshirildi. Tuman markazidagi istirohat parkida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari esa tez orada yakunlanadi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring